Qo'qon universitetida bitiruv oqshomi

Qo‘qon universitetining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olgan bitiruvchi kurs talabalari uchun tantanali bitiruv oqshomi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu unutilmas kechada bitiruvchilarning yoshlik xotiralari, orzu-umidlari va erishgan yutuqlari e’tirof etildi. Tadbir davomida universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilar tomonidan bitiruvchilarga iliq tilaklar bildirildi.
Kechaga alohida fayz kiritgan jihat shuki, mashhur san’atkorlar o‘z chiqishlari bilan ishtirok etib, mehmonlarga ajoyib kayfiyat ulashdi. Kuylangan qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari kechani yanada bayramona ruhda o‘tkazilishiga sabab bo‘ldi.
Bitiruv oqshomi barcha talabalarning hayotida unutilmas sahifa bo‘lib qoldi va ularga yangi bosqich sari kuch-g‘ayrat baxsh etdi.












