+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

“HSE Creative Open”

Otabek Mamajonov 27.11.2025 17 marta ko'rilgan

Rossiya Federatsiyasidagi HSE Milliy tadqiqot universitetining Dizayn maktabi, Kreativ industriyalar rivojlanish instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “HSE Creative Open” mukofoti doirasida “Zamonaviy dizayndagi O‘zbekiston madaniyati” nomli maxsus nominatsiya e’lon qilingan bo‘lib, ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasining nomoddiy madaniy merosi asosida zamonaviy dizayn yo‘nalishidagi dolzarb yechimlarni jamlash, ularning jahon miqyosidagi ahamiyatini yoritish va mamlakatimizning turistik salohiyatini keng namoyish etish maqsadida tashkil etildi. Mazkur tanlovda Qo‘qon universiteti o‘qituvchisi Farmonov Ilhomjon Iqboljon o‘g‘li ilmiy rahbarligida universitet talabalari faol ishtirok etdilar. Tanlov yakunlariga ko‘ra:

2-o‘rin — Azamova Moxizoda Nozim qizi, Iqtisodiyot yo‘nalishi, 3-bosqich talabasi,

3-o‘rin — Mashrapov MuhammadYusuf Muxsinjon o‘g‘li, Iqtisodiyot yo‘nalishi, 4-bosqich talabasi, faxrli o‘rinlarni egalladilar hamda 7-million va 5-million so‘m qo‘lga kiritdilar. Ushbu yutuqlar nafaqat talabalarning ijodiy salohiyati va mehnatsevarligini, balki Qo‘qon universitetining ilmiy-ijodiy muhitidagi yuksak darajadagi samaradorlikni ham yaqqol namoyon etadi.

 

#yangiliklar