+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

“Ikki daho chellenji” ijodiy tanlovi

Otabek Mamajonov 09.02.2026 252 marta ko'rilgan
“Ikki daho chellenji” ijodiy tanlovi

Qo‘qon universitetida ikki buyuk siymo — Hazrat Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan
“Mumtoz so‘z saltanatiga sayr: Navoiyxonlik va Boburxonlik” haftaligi doirasida
 “Ikki daho chellenji” ijodiy tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur chellenj Navoiy va Bobur ijodini targ‘ib etish, yoshlarning mumtoz adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ijodiy salohiyatini namoyon etish maqsadida o‘tkazildi. Tanlovda talabalar video va postlar orqali faol ishtirok etdilar.

 Tanlov yakunlariga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:

 1-o‘rin sohiblari:
— Zulfiqorova Sevinchxon
— Muhammadjonova Xonzoda
— Rahimova Madinaxon
— Mirzaaliyeva Gulchiroy

 2-o‘rin:
— Anvarova Kamolaxon

 3-o‘rin:
— Shokirjonova Diyoraxon

G‘olib va faol ishtirokchilar universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi. Ushbu ijodiy tanlov talabalar orasida mumtoz adabiyotga mehr uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etdi.

#yangiliklar