Ilm-fan va ta’lim integratsiyasi: talablar uchun mahorat darsi

“O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-390-son qarorid belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tashkilotlar ishtirokida turli mahorat darslari va seminarlar tashkil etilmoqda.
Shu doirada Qo‘qon universitetida Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori o‘rinbosari, filologiya fanlari doktori, professor Maqsud Asadov ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Dars davomida talabalar:
— o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha zamonaviy ilmiy yo‘nalishlar
— folklorshunoslikdagi yangi tadqiqotlar
— sohaning dolzarb muammolari va ularning yechimlari haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Ushbu uchrashuv yoshlarning ilmiy tafakkurini kengaytirish, ularni ilmiy izlanishlarga jalb etish hamda nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.






