“Ilm va ijodga baxshida umr”
Otabek Mamajonov 04.06.2026 108 marta ko'rilgan

Qo‘qon universitetida taniqli tilshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Siddiq Mo‘min tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-ma’rifiy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Tantanali anjumanda shoirning yaqin do‘stlari, oila a’zolari hamda shogirdlari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, Qo‘qon universiteti professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar, Qo‘qon shahar hokimligi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Anjuman davomida professor Siddiq Mo‘minning ilm-fan, adabiyot va ma’naviyat rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, ustozlik faoliyati va insoniy fazilatlari haqida samimiy fikrlar bildirildi.
Ayniqsa, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yahyobek Mo‘minov ijrosidagi dilbar qo‘shiqlar yig‘ilganlarga unutilmas taassurot ulashib, yubiley tantanasiga o‘zgacha fayz va ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.






#yangiliklar



