Ilmiy faoliyat
Otabek Mamajonov 04.10.2025 182 marta ko'rilgan

4-oktabr kuni Qo‘qon universiteti huzuridagi PhD.03/25.12.2024.Ped.130.03 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibida Qo‘qon universiteti Filologiya kafedrasi o‘qituvchisi Parpiyev Odiljon Olimovichning 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrni yozma ifodalashning pragmatik usullari” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Seminar yakunida mazkur dissertatsiya ochiq himoyaga tavsiya etildi.



#yangiliklar



