Ilmiy kengash natijalari

Qo‘qon universiteti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/2025.27.12.Fil.25.03 raqamli Ilmiy kengashda Abdurahimova Manzura Shokirjon qizining 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi yuzasidan “Hozirgi o‘zbek nasrida psixofiziologik tasvir muammolari va badiiy mahorat (Nabi Jaloliddin va Qo‘chqor Norqobil ijodi bo‘yicha)” mavzusidagi;
Sayidazimova Muhtaramxon Saidxoshimxon qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi yuzasidan “O‘zbek va ingliz tillaridagi tasdiq-inkor ifodalovchi morfologik birliklarning funksional tadqiqi” mavzusidagi;
Inomova Dilshunosxon Abdullajon qizining 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi yuzasidan “Mukarrama Murodova va uning adabiy faoliyati” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.
Universitet jamoasi nomidan dissertantlarimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Ilmiy izlanishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar va kelgusi faoliyatingizda zafarlar tilaymiz!







