Ilmiy seminar

Qo'qon universiteti huzuridagi PhD.03/25.12.2024.Fil.130.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarda Ashurova (Latipova) Nargiza Valijon qizining "Turli tizimli tillarda kogeziyaning konstrasriv tadqiqi (ellipsis kesimida)" mavzusidagi, Axmedova Gulxumor Nodirbek qizining "Ingliz va o'zbek (rus) diskurslarida "yumor" konseptual semantikasining kontrastiv tadqiqi" mavzusidagi 10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyalari muhokamasi bo'lib o'tdi. Ushbu muhokama qizg'in bahs va munozaralarga boy tarzda kechdi. Har ikki talabgorning dissertatsiyalari ochiq himoyaga tavsiya etildi.







