Ilmiy seminar
Otabek Mamajonov 06.06.2026 60 marta ko'rilgan

2026-yil 8-iyun kuni soat 08:00, 10:00 va 12:00 da Qo‘qon universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.Ped.25.02 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisi bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibi: 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi ixtisosligi bo'yicha Qo‘qon universiteti mustaqil izlanuvchilari Javharova Nilufar Odiljon qizining "Jadidlarning milliy pedagogika rivojiga qo‘shgan hissasi (Ashurali Zohiriy faoliyati misolida)” mavzusidagi, Ergashev Shahboz Dilmurodjon o‘g‘lining “Milliy pedagogik tafakkurda jismoniy tarbiya g‘oyalarining tarixiy-genetik ildizlari (folklor materiallari asosida)” mavzularidagi, Qobilova E’zozxon Bakirovnaning “Кasbiy-pedagogik identitet va uni rivojlantirish mexanizmlari” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasi.
Majlisga barcha seminar a’zolari va tegishli mutaxassislar hamda tadqiqotchilar taklif etiladi.
Manzil: Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi, 28-uy, Qo‘qon universiteti Axborot-kutubxona markazi, 2-qavat, konferensiyalar zali

#yangiliklar



