Ilmiy seminarda dissertatsiyalar muhokamasi o‘tkazildi

#Ilmiy_faoliyat
Qo‘qon universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.Ped.25.02 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarda quyidagi dissertatsiyalar muhokamasi bo‘lib o‘tdi:
Qo‘qon universiteti tayanch doktoranti Inoyatova Dilnoza Qunonboy qizining 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tafakkurini shakllantirishning pedagogik asoslari (bolalar she’riyati misolida)” mavzusida, Tangatarova Sohibjamol Abdullayevnaning 13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek tili о‘qitishda gapirish kо‘nikmasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Ta’lim rus tilida olib boriladigan sinflar misolida)” mavzusidagi dissertatsiyalar muhokamasi bo’lib o’tdi. Seminar qizg'in bahs va munozarlarga boy tarzda o'tkazildi va bir ovozdan dissertatsiyalar navbatdagi bosqichga tavsiya etildi.
c





