“INGLIZ TILI HAFTALIGI – 2026” doirasida seminar-trening o‘tkazildi
Otabek Mamajonov 27.04.2026 45 marta ko'rilgan

Qo‘qon universitetida “Ingliz tili haftaligi” doirasida “Multilevel imtihoniga samarali tayyorlanish yo‘llari” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Tadbir mehmoni — Muzaffar Abdullayev (IELTS 8.5, TM School asoschisi, Westminster universiteti bitiruvchisi) talabalarga xalqaro imtihonlarga tayyorgarlik bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi.
Seminar davomida:
▫️ CEFR/IELTS imtihonlariga tayyorgarlik strategiyalari
▫️ Samarali o‘rganish usullari
▫️ Amaliy tajriba va foydali maslahatlar atroflicha yoritildi.



#yangiliklar



