Ingliz tili haftaligi / Zakovat

Qo‘qon universitetida Ingliz tili haftaligi davom etmoqda. Xorijiy tillar yo‘nalishining 1- va 2-bosqich talabalari o‘rtasida “Zakovat”intellektual o‘yini tashkil etildi!
Zakovat o‘yini davomida ishtirokchilar nafaqat o‘z bilimlarini namoyon etdilar, balki o‘yinga bo‘lgan katta qiziqish va fidoyiliklarini ham ko‘rsatdilar. Har bir jamoa g‘alaba uchun astoydil harakat qilib, murosasiz va qiziqarli bahslar olib bordi.
Natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — XT-21-24
2-o‘rin — FTIR-1-25
3-o‘rin — XT-17-24 va XTR-1-25 jamoalari
G‘olib jamoalar maxsus sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Barcha g‘oliblarni samimiy tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!






