+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

“Inson – aziz, Xotira – muqaddas!”

Otabek Mamajonov 08.05.2025 26 marta ko'rilgan
“Inson – aziz, Xotira – muqaddas!”

“Inson – aziz, Xotira – muqaddas!”  9-may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Qo‘qon universitetida masofaviy ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari xotirasi yodga olindi, ularning Vatanga qilgan fidokorona xizmatlari e’tirof etildi. Talabalar urush yillaridagi sahovat, mardlik va sabr-toqat haqidagi she’r va sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar. Mazkur tadbir yoshlarda tarixiy xotiraga hurmat, vatanparvarlik va insoniy qadriyatlarni qadrlash tuy‘usini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

#yangiliklar