+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

ERASMUS+ ICM DASTURI DOIRASIDA XALQARO AKADEMIK TASHRIF

Otabek Mamajonov 25.06.2026 136 marta ko'rilgan
ERASMUS+ ICM DASTURI DOIRASIDA XALQARO AKADEMIK TASHRIF

  Erasmus+ ICM dasturi doirasida Shimoliy Makedoniyada joylashgan Euro College professori Oliver Mitevski Qo‘qon universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida professor Oliver Mitevski Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun “Consumer Behaviour” hamda “Marketing” fanlari bo‘yicha mahorat darslari va treninglar o‘tkazdi. Mashg‘ulotlarda zamonaviy marketing yondashuvlari, iste’molchilar xulq-atvorini o‘rganish va xalqaro tajribalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuv doirasida Qo‘qon universiteti va Euro College o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar istiqbolda akademik almashinuv dasturlarini amalga oshirish, qo‘shma xalqaro loyihalarda ishtirok etish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha kelishib oldilar.

photo_2026-06-25_16-17-50.jpg

photo_2026-06-25_16-17-53.jpg

photo_2026-06-25_16-17-56.jpg

#yangiliklar