Iqtisodiyot va moliya yo‘nalishi talabalari uchun amaliy tajriba
Otabek Mamajonov 30.04.2026 65 marta ko'rilgan

Qo‘qon universiteti Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi mudiri Mexmonaliyev Ulug'bek Erkinjon o'g'li, “Soliq va soliqqa tortish” fani o‘qituvchisi Po‘latov Sherzodbek Oybek o'g'li boshchiligida “Iqtisodiyot”, “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi kurs talabalari Qo‘qon shahar Soliq inspeksiyasiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalar Qo‘qon shahar Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Xamrokulov Akmaljon Aliyevich bilan uchrashib, ishga qabul qilish yuzasidan suhbat o'tkazildi. Suhbat jarayonida talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etib, sohaga oid savollarga javob berdilar.


#yangiliklar



