ISLOHOTLAR BILIMDONI" KENG TARMOQLI RESPUBLIKA ILMIY-MA’RIFIY KO‘RIK-TANLOVINING QO‘QON UNIVERSITETI BOSQICHI YAKUNLANDI!

"ISLOHOTLAR BILIMDONI" KENG TARMOQLI RESPUBLIKA ILMIY-MA’RIFIY KO‘RIK-TANLOVINING QO‘QON UNIVERSITETI BOSQICHI YAKUNLANDI!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Fanlar akademiyasi hamda Badiiy akademiya hamkorligida tashkil etilgan “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovining Qo‘qon universiteti bosqichi yakuniga yetdi.
🇺🇿 Mazkur tanlov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar mazmun-mohiyatini chuqur anglash, yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ijodiy faolligini hamda siyosiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etildi.
Tanlov g‘oliblari bilan tanishing:
“Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi” — Abdullayev Ravshanbek, Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti v.b
“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra” — Filologiya kafedrasi
“Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi” — Davlatova Saidaxon, Ta‘lim kafedrasi xotin-qizlar maslahat kengashi raisi
“Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” (talabalar o‘rtasida) — Qo‘shaqova Go‘zalxon, Turizm va iqtisodiyot fakulteti talabasi
G‘oliblarni tabriklaymiz! Ularning keyingi bosqichlarda ham yuksak natijalarga erishishlarini tilab qolamiz.







