“Italiya turizm haftaligi” – Qo‘qon universitetida xalqaro hamkorlik va madaniy tajribaning yorqin namunas

“Italiya turizm haftaligi” – Qo‘qon universitetida xalqaro hamkorlik va madaniy tajribaning yorqin namunasi Qo‘qon universitetida Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Italiyaning nufuzli “Galileo Ferraris” instituti hamkorligida “Italiya turizm haftaligi” doirasida qator mazmunli tadbirlar tashkil etildi. Mazkur haftalik doirasida Italiyaning yetakchi soha mutaxassislari – tajribali kulinariya ustalari, malakali sommelierlar hamda mehmondo‘stlikni boshqarish yo‘nalishi bo‘yicha instruktori sifatida tan olingan mutaxassislar universitetning Turizm yo‘nalishi talabalari bilan bevosita muloqot olib borishdi. Ular o‘zlarining boy tajribasi va xalqaro darajadagi kasbiy malakalari asosida nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko‘nikmalar bilan ham o‘rtoqlashishdi. Tadbir davomida ishtirokchilar Italiya oshxonasining mashhur va o‘ziga xos taomlarini tayyorlash, shuningdek, ular bilan uyg‘unlashuvchi ichimliklar madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Haftalik yakunida faol ishtirok etgan talabalar xalqaro miqyosda e’tirof etilgan maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi. Ushbu sertifikatlar ularning kelgusidagi professional faoliyatlarida muhim ahamiyat kasb etib, xalqaro tajribaga ega kadrlar sifatida shakllanishlariga zamin yaratadi. “Italiya turizm haftaligi” – Qo‘qon universitetida xalqaro hamkorlik, madaniyatlararo muloqot va amaliy tajriba almashinuvining yorqin namunasi bo‘ldi.



