Qo‘qon universiteti ustozlari Moskva shahridagi xalqaro forumda
Otabek Mamajonov 24.11.2025 172 marta ko'rilgan

2025-yil 17–21-noyabr kunlari Moskva shahrida Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vazirligi ko‘magida “Моя история” jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan “Учу великому” xalqaro rus tili forumi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli tadbirda Qo‘qon universiteti Filologiya kafedrasi o‘qituvchilari
Abduqaxxorova Nargiza Rustamovna,
Yakubova Go‘zalxon Maxmudovna,
Umurzakova Kommuna Xursanovna
faol ishtirok etdilar.
Forum doirasida rus tili va adabiyotini o‘qitish bo‘yicha tajriba almashinuvi, mahorat darslari, ekspertlar bilan uchrashuvlar hamda xalqaro ilmiy muloqotlar o‘tkazildi.
Joriy yilgi forumda 17 mamlakatdan 136 nafar ishtirokchi qatnashdi.





#yangiliklar



