+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

“Ma’rifatli ayol – ma’rifatli jamiyat asosi”

Otabek Mamajonov 05.05.2026 48 marta ko'rilgan
“Ma’rifatli ayol – ma’rifatli jamiyat asosi”

  Bugun Qo‘qon universitetida O‘zbekiston Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, jamoatchilik vakillari hamda ziyolilar hamkorligida “Ma’rifatli ayolning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

  Mazkur tadbirda Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, prokuratura va ichki ishlar organlari xodimlari, Respublika “Ma’rifatli ayol” hamda “Olima ayol” kengashlari a’zolari, Qo‘qon shahar mahalla faollari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

  Tadbirda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Maxkamova Zulayxo Baxriddinovna hamda Respublika “Ma’rifatli ayol” kengashi a’zolari tomonidan xotin-qizlarning jamiyat ma’naviy-ma’rifiy hayotidagi o‘rni, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan takliflar bildirildi.

  Xususan, tadbir davomida Qo‘qon universiteti tomonidan amalga oshirilayotgan ibratli ishlar hamda ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or tashabbuslar alohida ta’kidlandi.

photo_2026-05-06_14-23-58.jpg

photo_2026-05-06_14-24-06.jpg

photo_2026-05-06_14-24-11.jpg

photo_2026-05-06_14-24-03.jpg

#yangiliklar