Ilmiy yutuq

Qo‘qon universiteti Raqamli texnologiyalar kafedrasi katta o‘qituvchisi Rahmonov Nodirjon Rahmonjon o‘g‘lining 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” hamda 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” tutash ixtisosliklari bo‘yicha “Kichik biznes subyektlari faoliyatini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi Qo‘qon universiteti huzuridagi PhD.03/31.12.2020.I.130.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Ilmiy kengash a’zolarining 100 foiz ovozi bilan Nodirjon Rahmonovga iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish ma’qullandi.
Qo‘qon universiteti jamoasi nomidan Nodirjon Rahmonovni ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklab, kelgusidagi ilmiy va pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.







