+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Nazm va Navo kechasi — adabiyot va san’at uyg‘unligi

Otabek Mamajonov 27.11.2025 216 marta ko'rilgan
Nazm va Navo kechasi — adabiyot va san’at uyg‘unligi

 Qo‘qon universitetida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Muxsinbek Mo‘minov ishtirokida tashkil etilgan “Nazm va Navo” kechasi yuqori saviyada, katta taassurotlar bilan bo‘lib o‘tdi.

Kechada Qo‘qon adabiy maktabining zabardast namoyondalari — Amiriy, Nodira, Muqimiy, Furqat, Sobir Abdulla kabi ijodkorlarning g‘azallari asosida yaratilgan qo‘shiqlar jonli ijroda yangradi. Muxsinbek Mo‘minovning mahoratli ijrosi qatnashchilarga ijodiy, ruhiy quvvat baxsh etdi. 

 Tadbir davomida aytilgan qo'shiqlarga talabalar jo‘r bo‘lib kuyladi, zalda milliy ruh, ko‘tarinki kayfiyat va iliqlik hukm surdi. Har bir qo‘shiq, har bir misra yig‘ilganlarga ma’naviy zavq, adabiy merosimizga bo‘lgan faxr tuyg‘usini yanada mustahkamladi.


 Ushbu kecha milliy adabiyotimiz va musiqa merosimiz uyg‘unligining yorqin namunasi sifatida talabalarning qalbida unutilmas taassurot qoldirdi.

 Eslatma: Qo‘qon universitetida har chorshanba “Milliy qadriyatlar kuni” sifatida nishonlanadi.

 Qo'qon universitetida milliy qadriyatlarimizga mehr uyg‘otuvchi bunday tadbirlar davom etadi.

photo_2025-11-27_09-54-17 — копия.jpg

photo_2025-11-27_09-54-12 — копия.jpg

photo_2025-11-27_09-54-20 — копия.jpg

photo_2025-11-27_09-54-35.jpg

photo_2025-11-27_09-54-40.jpg

#yangiliklar