Universitetimiz Axborot-kutubxona markaziga yangi kitoblar yetib keldi
Otabek Mamajonov 07.04.2026 112 marta ko'rilgan

Universitetimiz axborot-kutubxona markazi fondi yana-da boyidi — turli yo‘nalishlar bo‘yicha eng so‘nggi va dolzarb adabiyotlar bilan yangi kitoblar yetib keldi. Yangi kelgan adabiyotlar orasida pedagogika, psixologiya, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari hamda boshqa ko‘plab sohalarga oid ilmiy, o‘quv-uslubiy va badiiy asarlar o‘rin olgan. Barcha talabalar va professor-o‘qituvchilarni yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishish uchun axborot-kutubxona markaziga taklif etamiz!


#yangiliklar



