+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Ochiq eshiklar kuni davom etmoqda

Otabek Mamajonov 14.05.2026 96 marta ko'rilgan
Ochiq eshiklar kuni davom etmoqda

  Qo‘qon universitetida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri davom etmoqda. Tadbir doirasida Farg‘ona viloyatidagi tumanlar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari tashriflari amalga oshirilmoqda.

Bugun Qo‘qon universitetiga O‘zbekiston tumanidagi 40 dan ortiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari tashrif buyurdi.

“Ochiq eshiklar kuni” davomida o‘quvchilar universitet infratuzilmasi, zamonaviy o‘quv auditoriyalari, IT markazi hamda Axborot-kutubxona markazida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, mehmonlarga universitetdagi ta’lim yo‘nalishlari, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda o‘quv jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

photo_2026-05-14_16-06-52.jpg

photo_2026-05-14_16-06-48.jpg

photo_2026-05-14_16-06-57.jpg

photo_2026-05-14_16-07-01.jpg

photo_2026-05-14_16-07-14.jpg

#yangiliklar