+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Ochiq eshiklar kuni davom etmoqda

Otabek Mamajonov 20.05.2026 33 marta ko'rilgan
Ochiq eshiklar kuni davom etmoqda

 Qo‘qon universitetida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri davom etmoqda. Tadbir doirasida Farg‘ona viloyatidagi tumanlar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari tashriflari amalga oshirilmoqda.

Bugun Qo‘qon universitetiga Rishton tumanidagi 30 dan ortiq va Oltiariq tumanidagi 47 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari tashrif buyurdi.

“Ochiq eshiklar kuni” davomida o‘quvchilar universitet infratuzilmasi, zamonaviy o‘quv auditoriyalari, IT markazi hamda Axborot-kutubxona markazida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, mehmonlarga universitetdagi ta’lim yo‘nalishlari, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda o‘quv jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
photo_2026-05-22_15-00-31.jpg
photo_2026-05-22_15-00-34.jpg

photo_2026-05-22_15-00-37.jpg

#yangiliklar