Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hayʼat yigʻilishi oʻtkazildi
Otabek Mamajonov 02.03.2026 181 marta ko'rilgan

2026-yil 2-mart kunining ikkinchi yarmida Qoʻqon shahrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda respublikaning davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Hayʼat yigʻilishiga vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov raislik qildi. Yigʻilishda 2026-yilga moʻljallangan ustuvor vazifalar, davlat dasturlari ijrosi, kasbiy va oliy taʼlim tizimidagi islohotlar, ilmiy-innovatsion faoliyat hamda bitiruvchilar bandligini taʼminlash masalalari muhokama qilindi.






#yangiliklar



