”O‘yla. Izla. Top!” – Psixologik intellektual o‘yin muvaffaqiyatli o‘tkazildi!

”O‘yla. Izla. Top!” – Psixologik intellektual o‘yin muvaffaqiyatli o‘tkazildi! Qo‘qon universiteti Psixologiya yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli talabalari uchun maxsus tashkillashtirilgan “O‘yla. Izla. Top!” nomli intellektual psixologik o‘yin katta qiziqish va yuqori faollik bilan bo‘lib o‘tdi! O‘yin davomida talabalar: Fikrlash tezligi, Psixologik bilimlar, Jamoada ishlash mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. 5 ta jamoa aql-zakovat maydonida o‘zaro bellashdi va o‘z bilimlarini namoyon qilishdi. Natijalar quyidagicha: -o‘rin — PS-22 (3-kurs) -o‘rin — PS-21 (4-kurs) -o‘rin — PS-24 (1-kurs) G‘olib jamoalar esdalik sovg‘alari va maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar. O‘yin nafaqat bilimlarni mustahkamladi, balki talabalar orasida sog‘lom raqobat va jamoaviy ruhni kuchaytirishga xizmat qildi! Tashkilotchilarga va faol ishtirokchilarga tashakkur bildiramiz! Kelgusida ham shunday qiziqarli va foydali loyihalar davom etadi!



