+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining a’zosi, taniqli olim, akademik Nurislom To‘xliyev Qo‘qon universitetida

Otabek Mamajonov 26.09.2025 161 marta ko'rilgan
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining a’zosi, taniqli olim, akademik Nurislom To‘xliyev Qo‘qon universitetida

 

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining a’zosi, taniqli olim, akademik Nurislom To‘xliyev Qo‘qon universitetida

Tashrif doirasida akademik Turizm va iqtisodiyot fakulteti talabalari uchun ochiq ma’ruza mashg‘ulotini o‘tkazdi. Dars jarayonida Nurislom To‘xliyev mintaqaviy iqtisodiyotning rivojlanish qonuniyatlari, uning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni hamda turizm sohasining, xususan, ziyorat turizmining iqtisodiyot tarmoqlari bilan o‘zaro uzviy aloqalari haqida atroflicha so‘z yuritdi.

 Shuningdek, akademik xalqaro tajriba asosida turizmning istiqbolli yo‘nalishlari, hududiy raqobatbardoshlikni ta’minlashda mintaqaviy iqtisodiy siyosatning ahamiyati, ilm-fan va ta’limning sohani rivojlantirishdagi o‘rni borasida o‘z ilmiy qarashlari va amaliy xulosalarini bildirdi.

 Ochiq darsda fakultet talabalari bilan qizg‘in muloqot tashkil etilib, ularga nafaqat nazariy bilimlar, balki turizm sohasi bo‘yicha chuqur tahliliy yondashuv va ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha muhim tavsiyalar ham berildi.

Mazkur uchrashuv talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, kasbiy salohiyatini oshirish hamda amaliy faoliyatga tayyorgarligini mustahkamlashga xizmat qildi.

5384309738755455859.jpg

5384309738755455860.jpg

5384309738755455862.jpg

#yangiliklar