Payshanba - Yoshlar kuni
Otabek Mamajonov 14.05.2026 96 marta ko'rilgan

Qo‘qon universiteti talabalari uchun Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Intellektual bahs 2 raunddan iborat bo‘lib, qiziqarli va murosasiz bellashuvlarga boy tarzda kechdi.
O‘yin davomida talabalar:
Turli mantiqiy savollar
Rasmli va qiziqarli topshiriqlar
Aqlni charxlovchi savol-javoblar
Tezkor fikrlash va jamoaviy hamkorlik yo‘nalishlarida o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
Tadbir davomida faol ishtirok etgan talabalar rag‘batlantirildi hamda intellektual muhit yanada mustahkamlandi.





#yangiliklar



