Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga taklif etamiz!

Qo‘qon universitetida 2026-yil 27-noyabr kuni “Adabiy turizm va uni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Anjuman adabiy merosni turizmga integratsiya qilish, adiblar hayoti va ijodi bilan bog‘liq turistik marshrutlarni shakllantirish, raqamli texnologiyalar imkoniyatlari hamda ilg‘or xalqaro tajribalarni muhokama qilishga bag‘ishlanadi.
Anjuman sho’balari:
— adabiy turizmning nazariy asoslari va xalqaro tajribalar;
— o‘zbek adabiy merosini turizmga integratsiya qilish;
— adabiy muzeylar, tarixiy maskanlar va turistik marshrutlar;
— Adabiy turizmni rivojlantirishda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt;
— adabiy turizmning iqtisodiy salohiyati va marketingi;
— ta’lim, ilm-fan, madaniyat va xalqaro hamkorlik.
Professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar, talabalar hamda adabiyot, madaniy meros va turizm sohasi mutaxassislari ishtirok etishga taklif etiladi.
Tezislar hajmi: 5–10 bet
Anjuman tillari: o‘zbek, rus va ingliz
Materiallarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2026-yil 20-noyabr
Materiallar @Imomaliyeva_Musharrafxon telegram profili orqali qabul qilinadi.
Taqdim etilgan materiallar antiplagiat tekshiruvidan o‘tkaziladi. Talablarga javob beradigan materiallarni nashr etish ko‘zda tutilgan.




