Erasmus+ International Credit Mobility (ICM) dasturi amalda
Otabek Mamajonov 20.05.2026 61 marta ko'rilgan

Qo‘qon universitetiga Erasmus+ International Credit Mobility (ICM) dasturi doirasida Nikolaos Monokrousos tashrif buyurdi.
Professor International Hellenic University vakili sifatida talabalar uchun ma’ruzalar o‘tkazdi, professor-o‘qituvchilar bilan akademik uchrashuvlarda ishtirok etdi hamda xalqaro hamkorlik va kelgusidagi qo‘shma loyihalar yuzasidan muzokaralar olib bordi. Tashrif davomida mehmon Kokand shahrining tarixiy va madaniy obidalari bilan ham yaqindan tanishdi.
Nikolaos Monokrousos tuproq ekologiyasi, barqaror qishloq xo‘jaligi va bioiqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha 20 yildan ortiq ilmiy va pedagogik tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi.

#yangiliklar




