Psixologiya va Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari 3-bosqich talabalari o‘rtasida mashhur yozuvchi O‘lmas Umarbekovning “Odam bo‘lish qiyin” asari asosida “Odam bo‘lish haqiqatan ham qiyinmi?” mavzusida

Psixologiya va Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari 3-bosqich talabalari o‘rtasida mashhur yozuvchi O‘lmas Umarbekovning “Odam bo‘lish qiyin” asari asosida “Odam bo‘lish haqiqatan ham qiyinmi?” mavzusida qiziqarli va mazmunli debat bo‘lib o‘tdi. Tadbir Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi hamda Ta’lim fakultetining Pedagogika va psixologiya kafedrasi hamkorligida tashkil etildi. Debat davomida talabalar asarda ko‘tarilgan ijtimoiy, axloqiy va psixologik muammolarni tahlil qildilar, muallif nuqtai nazariga o‘z qarashlari bilan munosabat bildirdilar. Ishtirokchilar inson bo‘lish, axloqiy tanlovlar, ijtimoiy mas’uliyat va shaxsiy yetuklik kabi muhim tushunchalarni chuqur yoritib berdilar. Bahslar davomida talabalar tanqidiy va mantiqiy fikrlash, erkin fikr bildirish va o‘z pozitsiyasini asoslash ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Debat yana bir bor adabiyotning inson qalbi tarbiyasidagi o‘rni muhimligini tasdiqladi. Talabalar nafaqat asarni chuqur tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, balki “odam bo‘lish” tushunchasining zamonaviy talqinini ham anglab yetdilar.



