Qo‘qon shahrida III Xalqaro hunarmandchilik festivali boshlandi!
Otabek Mamajonov 19.09.2025 538 marta ko'rilgan

Qo‘qon shahrida III Xalqaro hunarmandchilik festivali boshlandi!
Bugun festivalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va birinchi kun tadbirlari o‘z nihoyasiga yetdi. Tadbirda 70 davlatdan 278 nafar xorijiy mehmon hamda yurtimizning barcha hududlaridan 400 dan ortiq hunarmandlar ishtirok etmoqda.
Festival doirasida ko‘rgazmalar, moda namoyishlari, savdo-yarmarkalar, xalqaro konferensiyalar, ijodiy uchrashuvlar va turli madaniy dasturlar tashkil etildi.
Qo‘qon universiteti ham mazkur nufuzli tadbirda faol ishtirok etmoqda. Birinchi kun tadbirlaridan video lavhani sizga taqdim etamiz!




#yangiliklar



