+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qo‘qon universiteti | 19-mart, Payshanba dayjesti

Otabek Mamajonov 19.03.2026 50 marta ko'rilgan
Qo‘qon universiteti | 19-mart, Payshanba dayjesti

 

Qo‘qon universitetida Payshanba – Yoshlar kuni munosabati bilan talaba-yoshlar va rahbariyat ishtirokida mazmunli uchrashuvlar hamda targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

 “Giyohvandlik – umr zavoli” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda profilaktika inspektorlari va yoshlar yetakchilari tomonidan talabalarga sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

 Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Pirimqulov Bobur Qahramonovich ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ommaviy sportni rivojlantirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

 “Bir askarga bir kasb” loyihasi doirasida Milliy gvardiya xodimlari va yoshlar o‘rtasida ochiq suhbat tashkil etildi. Tadbir yakunida muddatli harbiy xizmatchilarga sertifikatlar topshirish marosimi ham o‘tkazildi.

 Mazkur tadbirlar yoshlar ongida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda kelajakda yetuk kadr bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.

photo_2026-01-29_09-30-18 copy 1.jpg

photo_2026-01-29_09-30-21.jpg

 

#yangiliklar