+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qo‘qon universiteti Andijon filiali talabalari Qo‘qon shahriga amaliy tashrif buyurdilar.

Otabek Mamajonov 05.12.2025 533 marta ko'rilgan
Qo‘qon universiteti Andijon filiali talabalari Qo‘qon shahriga amaliy tashrif buyurdilar.

Tashrifning asosiy maqsadi — Qo‘qon shahridagi oilaviy poliklinikalarda ko‘mak berish, patronaj xizmatiga hissa qo‘shish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat.

 Mazkur tashrif talabalarning nafaqat amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, balki ularni ijtimoiy faol bo‘lishga, jamiyatga xizmat qilish mas’uliyatini his etishga undovchi muhim tajriba bo‘ldi. Ushbu faoliyat o‘quv jarayonidagi amaliyot vazifalarini to‘laqonli bajarishga ham xizmat qiladi.

 Shuningdek, tashrif doirasida talabalar Qo‘qon shahar hokimi va mutasaddi tashkilot vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘zlari uchun muhim bo‘lgan fikr va tavsiyalarni oldilar.

photo_2025-12-05_09-52-21.jpg

photo_2025-12-05_09-52-56.jpg

photo_2025-12-05_09-53-01.jpg

photo_2025-12-05_09-53-06.jpg

#yangiliklar