Qo‘qon universiteti delegatsiyasining Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasiga tashrifi

Qo‘qon universitetining bir guruh vakillari Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasining Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Qo‘qon universiteti hamda Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum ikki tomonlama adabiy va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, hujjat doirasida ikki muassasa olimlari hamda professor-o‘qituvchilari o‘rtasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Ushbu memorandum kelgusida qo‘shma anjumanlar, ilmiy nashrlar, tajriba almashinuvi va boshqa ko‘plab ilmiy tashabbuslarni amalga oshirish uchun mustahkam poydevor yaratadi.







