+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qo‘qon universiteti direktori maqolasi nufuzli xalqaro jurnalda chop etildi

19.07.2025 349 marta ko'rilgan
Qo‘qon universiteti direktori maqolasi nufuzli xalqaro jurnalda chop etildi

Qo‘qon universiteti direktori maqolasi nufuzli xalqaro jurnalda chop etildi

 Qo‘qon universiteti direktori G‘afurjon Zaxidovning ilmiy maqolasi xalqaro miqyosda e’tirof etildi. Ularning “Strategy of Development of Agriculture of Uzbekistan to Increase International Competitiveness” (O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi va xalqaro raqobatbardoshlikni oshirish) nomli maqolasi Germaniyaning Berlin shahrida chop etiladigan nufuzli “World Bulletin of Management and Law (WBML)” jurnalining 48-sonida, 2025-yil iyul oyida e’lon qilindi.

 Jurnalning ISSN raqami: 2749-3601, impact factori: 10.225 bo‘lib, bu ilmiy nashrning yuqori baholanishini anglatadi.

 Mazkur maqola O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasining xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha strategik yo‘nalishlarni ilmiy jihatdan asoslab beradi hamda iqtisodiy siyosatga oid muhim tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

 Bu yutuq Qo‘qon universiteti ilmiy salohiyatining ortib borayotganidan dalolat beradi.

#yangiliklar