Qo‘qon Universiteti “Green Campus Initiative” loyihasi bilan Erasmus+ CBHE 1-strand grantini qo‘lga kiritdi!

Qo‘qon Universiteti “Green Campus Initiative” loyihasi bilan Erasmus+ CBHE 1-strand grantini qo‘lga kiritdi!
Qo‘qon universiteti jamoasi universitetimizning "Green Campus Initiative: Integrating Sustainability into Higher Education in Uzbekistan" (“Yashil Kampus Tashabbusi: Barqarorlikni O‘zbekiston Oliy Ta’limiga Integratsiyalash”) nomli loyihasi bilan Erasmus+ CBHE 1-strand yo‘nalishida grant arizasini topshirdi va 359 000 yevro miqdorida grant mablag‘iga ega bo‘ldi! 💰
"GreenCamUz" loyihasi O‘zbekistonda 1-strand yo‘nalishida grant yutgan yagona loyiha sifatida e’tirof etildi. Bu nafaqat universitetimiz, balki butun mamlakatimiz oliy ta’lim tizimi uchun katta yutuqdir.
Loyiha ahamiyati
Ushbu tashabbus Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (SDGs) hamda Yevropa Ittifoqining "Yashil Kelishuv" dasturi bilan uyg‘un. Loyiha oliy ta’limda barqarorlik tamoyillarini joriy etish, zamonaviy metodlar orqali talabalar va mutaxassislarda yangi bilim hamda ko‘nikmalarni shakllantirishni maqsad qiladi.
Yevropa hamkorlari:
-
Karabuk Universiteti – Turkiya
-
OUTech – Opole, Polsha
-
VILNIUS TECH – Litva
Qo‘qon universiteti jamoasini ushbu ulkan g‘alaba bilan tabriklaymiz! 🎉



