+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qo‘qon universiteti – InnoWeek 2025 da ishtirok etmoqda!

Otabek Mamajonov 09.10.2025 297 marta ko'rilgan
Qo‘qon universiteti – InnoWeek 2025 da ishtirok etmoqda!

Qo‘qon universiteti – InnoWeek 2025 da ishtirok etmoqda!

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan InnoWeek 2025 — innovatsion g‘oyalar haftaligida Qo‘qon universiteti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

Universitet vakillari o‘zlarining robototexnika, tibbiyot va  startap loyihalari, shuningdek, zamonaviy ilmiy-texnik ishlanmalari bilan forumda qatnashmoqda.

 Taqdim etilgan robotlar va texnologik yechimlar ishtirokchilar va investorlar orasida katta qiziqish va e’tirof uyg‘otmoqda.

Bu ishtirok — Qo‘qon universiteti talabalari va o‘qituvchilarining ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarini namoyish etuvchi muhim qadamdir.

 Biz faxrlanamizki, Qo‘qon universiteti jamoasi nafaqat o‘z g‘oyalari bilan, balki yaratuvchan fikr va amaliy yondashuvi bilan ham InnoWeek sahnasida porlamoqda!

 

photo_2025-10-09_11-24-10.jpg

photo_2025-10-09_11-25-40.jpg

photo_2025-10-09_11-25-47.jpg

photo_2025-10-09_11-25-44.jpg

#yangiliklar