QO‘QON UNIVERSITETI JAMOASI XALQARO MAYDONDA

Joriy yilning 29-aprel kuni Boku shahrida o‘tkazilgan “New Models of State–University–Industry Partnership in Socio-Economic Development” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Qo‘qon universiteti vakillari ishtirok etdi.
Mazkur konferensiya davlat–universitet–sanoat hamkorligining zamonaviy modellari, innovatsion rivojlanish hamda ilm-fanni iqtisodiyot bilan integratsiya qilish masalalariga bag‘ishlandi.
Qo‘qon universiteti nomidan Ta’lim sifati departamenti boshlig‘i Muxammadjonov Jasurbek hamda “Xalqaro turizm va iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchisi Ismoilov Botir ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida strategik boshqaruv va iqtisodiy rivojlanish, raqamli transformatsiya va IT infratuzilma, moliyaviy-investitsion hamkorlik, sun’iy intellekt va innovatsiyalar, shuningdek ta’lim sifati va bandlik masalalari yuzasidan muhokamalar olib borildi.






