Qo‘qon universiteti olimi dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi
Otabek Mamajonov 18.05.2026 45 marta ko'rilgan

Tabriklaymiz!
O'zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasining bayonnomasiga asosan Qo'qon universiteti Filologiya kafedrasi filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori Omonov Baxtiyorjon Xabitovich 10.00.06 — Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo'yicha dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo'ldi.
Qo‘qon universiteti jamoasi nomidan Omonov Baxtiyorjon Xabitovichni dostent ilmiy unvon bilan samimiy muborakbod etamiz. Kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, yangi ilmiy yutuqlar tilaymiz.



#yangiliklar



