Qo‘qon universiteti professor-o‘qituvchilari Xitoyda!

Qo‘qon universiteti professor-o‘qituvchilari Xitoyda!
Xalqaro malaka oshirish dasturining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 10-iyul kuni Qo‘qon universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari – O.Umarov, B.Turonboyev, Sh.Saidov, M.Muxtorova va D.Mirzahamdamova – Xitoy Xalq Respublikasining Lanchjou universitetiga yetib borishdi.
Bugun esa “Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” mavzusidagi xalqaro malaka oshirish dasturining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Dastur 2025-yil 31-iyulgacha davom etadi.
Bu tashabbus:
Ekologiya va yashil iqtisodiyot sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish,
Ilmiy hamkorlikni kengaytirish,
Xalqaro tajriba almashish imkonini yaratadi.
Tez orada dasturning asosiy mashg‘ulotlaridan lavhalar ham e’lon qilinadi. Biz bilan qoling!



