Qo‘qon universiteti professor-o‘qituvchilari Xitoyda xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda
11.07.2025 204 marta ko'rilgan

Qo‘qon universiteti professor-o‘qituvchilari Xitoyda xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda
Qo‘qon universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari – O.Umarov, B.Turonboyev, Sh.Saidov, M.Muxtorova va D.Mirzahamdamova 2025-yil 10-iyul kuni Xitoy Xalq Respublikasining Lanchjou universitetiga yetib borishdi.
Ular shu yerda 2025-yil 10-iyuldan 31-iyulgacha davom etadigan “Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” mavzusidagi xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etishadi.
Ushbu dastur ekologiya va yashil taraqqiyot sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va xalqaro tajriba almashish imkonini yaratadi.
#yangiliklar



