Qo‘qon universiteti Psixologiya yo‘nalishi talabalari nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlashmoqda
Otabek Mamajonov 24.05.2025 24 marta ko'rilgan

Qo‘qon universiteti Psixologiya yo‘nalishi talabalari nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlashmoqda Qo‘qon universitetining Psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda masofaviy ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalar ham pedagogik amaliyot jarayonida faol ishtirok etishmoqda. Amaliyot davomida talabalar maktab va boshqa ta’lim muassasalarida kuzatuv, tashxis va psixologik maslahat kabi faoliyatlarni bajarib, o‘z kasbiy malakalarini oshirishmoqda. Quyida ushbu jarayondan olingan lavhalar orqali talabalar hayotidan real ko‘rinishlar bilan tanishishingiz mumkin.
#yangiliklar



