+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qoʻqon Universiteti talabalari

Otabek Mamajonov 20.06.2025 127 marta ko'rilgan
Qoʻqon Universiteti talabalari

Qoʻqon Universiteti talabalari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Fargʻona filialida boʻlib oʻtgan KIBERSPORT musobaqalarida qatnashdilar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida zamonaviy texnologiyalarga qiziqish va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida talabalar o‘rtasida kibersport musobaqalari tashkil etildi. Musobaqalar “Counter-Strike 2”, va “FC25” kabi mashhur o‘yinlar yo‘nalishida bo‘lib o‘tdi. Unda filialning talabalari bilan bir qatorda Qoʻqon universiteti talabalari ham faol ishtirok etdilar. Bellashuvlar yuqori saviyada, hayajonli va do‘stona ruhda o‘tkazildi. G‘olib jamoa va ishtirokchilar diplom, sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir yakunida filial rahbariyati va tashkilotchilar ushbu musobaqa talabalarning texnologik savodxonligini oshirishda, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda va sog‘lom raqobatni shakllantirishda muhim rol o‘ynayotganini ta’kidlab o‘tishdi.

#yangiliklar