+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qo‘qon universiteti talabalari 5-maktab internatida bo‘lishdi

Otabek Mamajonov 15.05.2025 30 marta ko'rilgan
Qo‘qon universiteti talabalari 5-maktab internatida bo‘lishdi

Qo‘qon universiteti talabalari 5-maktab internatida bo‘lishdi Farg‘ona viloyatining ijtimoiy himoya tizimidagi muhim maskanlardan biri — Qo‘qon shahridagi alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 5-maktab internatiga Qo‘qon universitetining EKS yo‘nalishi 9, 10, 11, 12 va 24-guruh talabalari tashrif buyurdi. Ushbu tashrifning asosiy maqsadi — talabalarning ijtimoiy mas'uliyatini oshirish, mehr-muruvvat va g‘amxo‘rlik kabi insoniy fazilatlarni kuchaytirish, shuningdek, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi bolalariga ma'naviy ko‘mak berishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida talabalar maktab internatdagi bolalar bilan yaqin suhbatlar o‘tkazdi, ular uchun turli o‘yinlar, sahna ko‘rinishlari va ma'naviy-ma'rifiy chiqishlar namoyish etdi. Bu uchrashuv bolajonlar uchun quvonchli va esda qolarli onlarga boy bo‘ldi. Qo‘qon universiteti talabalari bunday tashriflar doimiy ravishda davom ettirilishini, jamiyatning zaif qatlamlariga nisbatan e’tibor va mehr-muruvvat ko‘rsatishda faol bo‘lishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishganini ta’kidlashdi.

#yangiliklar