+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qo‘qon universiteti talabalari tashabbusi bilan xayriya aksiyasi o‘tkazildi

Otabek Mamajonov 04.12.2025 253 marta ko'rilgan
Qo‘qon universiteti talabalari tashabbusi bilan xayriya aksiyasi o‘tkazildi

Qo‘qon universiteti talabalari tashabbusi bilan o‘tkazilgan xayriya aksiyasi doirasida Qo‘qon shahridagi 9-, 5- va 4-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga tashrif uyushtirildi.

 Tadbir Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonovning ochilish so‘zi bilan boshlandi. U o‘z nutqida bolajonlarga e’tibor, mehr-oqibat ko‘rsatish, ularni qo‘llab-quvvatlash jamiyatning muhim vazifalaridan biri ekanini alohida ta’kidladi.

 Mazkur xayrli tashrifda Qo‘qon universiteti talabalari faol ishtirok etib, aksiyada yig‘ilgan turli sovg‘alarni maktab-internat tarbiyalanuvchilariga topshirdilar. Bolajonlarning quvonchi, samimiy tabassumi va minnatdor nigohlari ushbu tashabbusning naqadar ezgu maqsadga xizmat qilganini yaqqol namoyon etdi.

 Ushbu tashrif nafaqat mehr-oqibat ifodasi, balki talabalarimizning yuksak ijtimoiy mas’uliyati, insonparvarlik tamoyillariga sodiqligi va faol fuqarolik pozitsiyasining yorqin ko‘rinishi sifatida esda qoldi.

photo_2025-12-04_09-50-03.jpg

photo_2025-12-04_09-49-55.jpg

photo_2025-12-04_09-49-48.jpg

photo_2025-12-04_09-49-45.jpg

photo_2025-12-04_09-49-37.jpg

#yangiliklar