Qo'qon universiteti talabalari uchun navbatdagi master klass

Qo'qon universiteti talabalari uchun navbatdagi master klass
24-aprel kuni Qo‘qon universiteti C bino konferensiya zalida turizm sohasi bo‘yicha navbatdagi master-klass bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yelena Vyacheslavovna Golisheva — PhD, dotsent, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori, turizm, marketing va menejment sohasining yetuk eksperti sifatida ishtirok etdi. Spiker tomonidan “O‘zbekistonda turizmning rivojlanishida marketing va menejmentning ahamiyati” mavzusida mazmunli va amaliy tajribaga boy ma’ruza taqdim etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar turizm sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, marketing strategiyalari va menejment tamoyillari haqida foydali bilimlarga ega bo‘lishdi, shuningdek o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Master-klass talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun professional bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashda muhim tajriba makoniga aylandi.



