+(998) 73 545-55-55

"Kokand University"

Xabarlar

Barcha yangiliklar

Qo‘qon Universiteti va Jawaharlal Nehru Universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Otabek Mamajonov 18.10.2025 218 marta ko'rilgan
Qo‘qon Universiteti va Jawaharlal Nehru Universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

 Qo‘qon universiteti va Hindistonning nufuzli Jawaharlal Nehru universiteti (Nyu-Dehli) o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Anglashuv Memorandumi (MoU) imzolandi.

Ushbu memorandum ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va madaniy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda ma’muriy xodimlar almashinuvini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.

Hamkorlik doirasida tomonlar qo‘shma ilmiy loyihalar, ilmiy maqolalar nashri, bibliografiya va adabiyotlar almashinuvi yo‘nalishlarida faol ishlashni rejalashtirmoqda. Shuningdek, tashrif buyuruvchi professor va tadqiqotchilar uchun zarur ilmiy sharoitlar yaratish va laboratoriya jihozlaridan foydalanish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi.

Ma’lumot uchun, Jawaharlal Nehru Universiteti 2025-yilgi QS World University Rankings bo‘yicha dunyo universitetlari orasida 580-o‘rinni egallagan. Ushbu hamkorlik Qo‘qon Universitetining xalqaro aloqalarini kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

photo_2025-10-20_17-16-08.jpg

photo_2025-10-20_17-16-10.jpg

photo_2025-10-20_17-16-11.jpg

#yangiliklar