Qo’qon universiteti vakillari Polshada
Otabek Mamajonov 18.05.2026 48 marta ko'rilgan

Qo‘qon universiteti koordinatorligi ostida amalga oshirilayotgan Erasmus+ dasturining “GreenCamUz – Green Campus Initiative: Integrating Sustainability into Higher Education in Uzbekistan” loyihasi doirasidagi xalqaro bilimlar almashinuvi uchrashuvlari Polshaning Opole Texnologiya universitetida boshlandi.
Mazkur xalqaro uchrashuvlarda Qo‘qon universiteti vakillari:
Xalqaro aloqalar departamenti boshlig‘i Ulug‘bek Mamadaliyev
Ilmiy tadqiqotlar departamenti boshlig‘i Boburmirzo Xursanaliyev
Jahon tillari kafedrasi dotsenti Zilolaxon Isaqovalar ishtirok etmoqdalar.
Shuningdek, loyiha doirasida Tashkent International University, Alfraganus University, Andijan State Technical Institute, Karabuk University hamda Vilnius University vakillari ham faol qatnashmoqdalar.
Uchrashuvlar davomida yashil kampus konsepsiyasini oliy ta’lim tizimiga integratsiya qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va Erasmus+ dasturlari doirasidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.



#yangiliklar



