Qo‘qon universitetida akademik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Otabek Mamajonov 09.10.2025 352 marta ko'rilgan

Qo‘qon universitetida akademik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Bugun Qo`qon universiteti talabalari O`zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori akademik Azamat Ziyoning O`zbek davlatchiligi tarixi bo`yicha ma’ruzasini tingladi. Ilm, tafakkur va tarix uyg`unlashgan maroqli ma’ruza qizg`in savol-javoblarga ulanib ketdi.
Universitet va Tarix instituti olimlari birgalikda qo`shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.





#yangiliklar



